
Bloomazin
Ginekologiya, urologiya va proktologiyada kompleks yordam beruvchi shamchalar (gialuronidaza, kalendula va ortiliya ekstraktlari asosida).
- Chiqarilish shakli
- Sham
- Retsept
- Retseptsiz
- Qadoqlash
- 10 ta sham, karton quti
- Ishlab chiqaruvchi
- Bloom Pharm
Tarkibi
Har bir shamchada: Gialuronidaza — 3000 IU (XB); Kalendula ekstrakti — 60 mg; Ortiliya odnoboka ekstrakti — 50 mg.
Qo'llanilishi (ko'rsatma)
Ginekologiyada: kichik chanoq a'zolarida bitishmalar (spaykalar); surunkali yallig'lanish kasalliklari; endometrit, adneksit; operatsiyadan keyingi tiklanish davrida. Urologiyada: surunkali prostatit; siydik chiqarish tizimi yallig'lanishlarida; fibroz o'zgarishlarda kompleks davolashda. Proktologiyada: gemorroy kompleks davosida; anal yoriqlar (treshchina); to'qima tiklanishini tezlashtirish uchun; operatsiyadan keyingi tiklanish davrida.
Qarshi ko'rsatmalar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; o'tkir infeksion kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi; homiladorlik davrida faqat shifokor tavsiyasiga ko'ra; 12 yoshgacha bolalarda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Qo'llash tartibi va dozalash
Kattalar (erkak va ayollar) uchun kuniga 1 shamchadan, rektal yoki vaginal qo'llaniladi. Davolash kursi — 10-20 kun yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra.
Yon ta'sirlar
Odatda yaxshi qabul qilinadi; nojo'ya ta'sir yuzaga kelsa, foydalanishni to'xtatib shifokorga murojaat qiling.
Saqlash sharoiti
25°C dan past haroratda, quruq, yorug'likdan himoyalangan, bolalar yeta olmaydigan joyda saqlansin.
Ushbu sahifadagi ma'lumotlar faqat tanishuv maqsadida keltirilgan va shifokor maslahati o'rnini bosa olmaydi. Dori vositasini qo'llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing va rasmiy yo'riqnomani o'qib chiqing.
