Bloom PharmBloom Pharm
Calm Corall
Bolalar uchun

Calm Corall

Bosh miya qon aylanishini tinchlantiruvchi va me'yorlashtiruvchi neyroprotektor tomchilar (kattalar va bolalar uchun, 6 oydan).

Chiqarilish shakli
Tomchi
Retsept
Retseptsiz
Qadoqlash
30 ml, tomizgichli flakon, karton quti
Ishlab chiqaruvchi
Corall Pharm (Bloom Pharm uchun eksklyuziv mahsulot)

Tarkibi

30 ml tarkibida: Valerian ekstrakti — 45 mg; Boyarshnik ekstrakti — 35 mg; Pustirnik ekstrakti — 75 mg; Vitamin B guruhi — 120 mg; L-karnitin — 40 mg.

Qo'llanilishi (ko'rsatma)

Markaziy nerv tizimining funksional buzilishlarini kompleks davolashda (uyqusizlik va nevrasteniya); yurak-qon tomir faoliyatining funksional buzilishlarini kompleks davolashda; miya qon aylanishini normallashtiradi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega; uyquni yaxshilaydi; bosh og'rig'ini bartaraf etadi; qon aylanishini yaxshilaydi; yurak ritmini yaxshilaydi; og'riqni kamaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi; avitaminozda qo'llaniladi; metabolizm buzilganda yordam beradi; qon bosimi oshgan holatlarda yordam beradi.

Qarshi ko'rsatmalar

Parasetamolga nisbatan yuqori sezuvchanlik, jigar yetishmovchiligi, 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi.

Qo'llash tartibi va dozalash

Ichish uchun. 6 oydan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga — 5-7 tomchidan; 3 dan 12 yoshgacha — 10-12 tomchidan; 12 yoshdan katta bo'lganlar va kattalarga — 15-20 tomchidan, kuniga 2 marta ovqatdan oldin, oz miqdorda (1/4 stakan) iliq suv bilan ichish tavsiya etiladi. Davolash kursining davomiyligi shifokor tomonidan individual belgilanadi. Davolash kursi: 10 kundan 30 kungacha, holatga qarab 2-3 oydan keyin ikkinchi davolash kursi takrorlanishi mumkin.

Yon ta'sirlar

Odatda yaxshi qabul qilinadi. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, foydalanishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Saqlash sharoiti

25°C dan past haroratda, quruq va bolalar yeta olmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu sahifadagi ma'lumotlar faqat tanishuv maqsadida keltirilgan va shifokor maslahati o'rnini bosa olmaydi. Dori vositasini qo'llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing va rasmiy yo'riqnomani o'qib chiqing.