Bloom PharmBloom Pharm
Korolayf
Ginekologiya

Korolayf

Bachadon bo'yni eroziyasi, displaziyasi, HPV infeksiyasi va mioma profilaktikasida qo'llaniladigan vaginal shamchalar (brokkoli ekstrakti asosida).

Chiqarilish shakli
Sham
Retsept
Retseptsiz
Qadoqlash
10 ta vaginal shamcha (2 ta 5 donali kontur katakli qadoqda), qo'llash yo'riqnomasi va polietilen qo'lqop bilan birga karton qutida
Ishlab chiqaruvchi
Corall Pharm

Tarkibi

Har bir shamchada: Brokkoli ekstrakti — 200 mg; Kust al-hindi ekstrakti — 130 mg; Gusuniy yog' — 110 mg; Propolis — 95 mg; Kunjut moyi — 75 mg. Yordamchi moddalar: kakao moyi, kokos moyi, moychechak ekstrakti.

Qo'llanilishi (ko'rsatma)

Bachadon bo'yni eroziyasi; bachadon bo'yni displaziyasi (servikal intraepitelial neoplaziya); VPCH (HPV) infeksiyasi; bachadon papillomasi va kondilomalari profilaktikasi va davosida; bachadon miomasi profilaktikasi va davosida; kista kasalliklari profilaktikasi va davosida; klimakterik sindrom, menstrual disfunksiya va og'riqlarda kompleks davolashda.

Qarshi ko'rsatmalar

Tarkibidagi komponentlarga individual sezuvchanlik.

Qo'llash tartibi va dozalash

Bachadon bo'yni displaziyasi, eroziyasi, miomasi va kista kasalliklarida: 1 shamchadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) gigiyenik tozalovdan so'ng, 10 kun davomida (udar doza). So'ngra 1 haftalik tanaffusdan keyin 1 shamchadan kechqurun, 30 kun davomida davolash kursi davom ettiriladi. Umumiy davolash kursi — 30-90 kun. Profilaktika va yallig'lanishga qarshi maqsadlarda: 1 shamchadan kechqurun, 15-20 kun davomida qo'llaniladi.

Yon ta'sirlar

Preparat odatda bemorlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Nojo'ya ta'sirlar yuzaga kelsa, qo'llashni to'xtatib shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Saqlash sharoiti

Yorug' va quyosh nurlaridan himoyalangan, +15°C gacha haroratda, bolalar yetmaydigan joyda saqlansin.

Ushbu sahifadagi ma'lumotlar faqat tanishuv maqsadida keltirilgan va shifokor maslahati o'rnini bosa olmaydi. Dori vositasini qo'llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing va rasmiy yo'riqnomani o'qib chiqing.