Bloom PharmBloom Pharm
Raferal
Yurak-qon tomir

Raferal

Gemoglobinni oshirish, kamqonlikda yordamchi vosita va immunitetni mustahkamlash uchun o'simlik ekstraktlari va temir asosidagi sirop-tomchi.

Chiqarilish shakli
Tomchi
Retsept
Retseptsiz
Qadoqlash
30 ml, jigarrang flakon, karton quti
Ishlab chiqaruvchi
Corall Pharm

Tarkibi

Har 1000 mg tarkibida: Shipovnik ekstrakti — 35 mg; Soladka ildizi ekstrakti — 50 mg; Romashka ekstrakti — 30 mg; Temir (III) gidroksid polimaltozat — 45 mg; Askorbin kislota (Vitamin C) — 37 mg; Vitamin D3 — 5 mkg; Sink laktat — 5 mg.

Qo'llanilishi (ko'rsatma)

Gemoglobin darajasini oshiradi va barcha turdagi kamqonlikda (anemiyada) yordamchi vosita sifatida qo'llaniladi; immunitetni oshiradi va tashqi patogen omillarga qarshi organizm chidamliligini faollashtiradi; ishtaha va hazm qilishni yaxshilaydi, bolalarda o'zlashtirish jarayonini va energiya olishni kuchaytiradi; operatsiyadan keyin zaiflashgan bemorlarga tiklanishda yordam beradi; miyaga qon oqimini yaxshilaydi; jismoniy kuch-quvvat va chidamlilikni oshiradi; xotira va aqliy mehnat qobiliyatini yaxshilaydi.

Qarshi ko'rsatmalar

Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik bo'lganda qo'llash mumkin emas.

Qo'llash tartibi va dozalash

1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarga — kuniga 2-3 marta 5-8 tomchidan; 4 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga — kuniga 3-4 marta 8-10 tomchidan; 10 yoshdan katta bolalar va kattalarga — kuniga 2-3 marta 12-15 tomchidan. Ovqatdan 20-30 daqiqa oldin, yetarli miqdorda (10-50 ml) suyuqlikka aralashtirib ichiladi. Davolash kursi — 10-30 kun, zarurat bo'lsa 2-3 oydan keyin takrorlanishi mumkin.

Yon ta'sirlar

Yuqori dozalarda me'da-ichak buzilishi kuzatilishi mumkin.

Saqlash sharoiti

Sovuq va quruq joyda, yorug'lik va to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalangan, harorat +25°C dan yuqori bo'lmagan joyda saqlansin.

Ushbu sahifadagi ma'lumotlar faqat tanishuv maqsadida keltirilgan va shifokor maslahati o'rnini bosa olmaydi. Dori vositasini qo'llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing va rasmiy yo'riqnomani o'qib chiqing.